21 Iyun 2023 yil 1661

Andijon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs ushlandi

Andijon viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Andijon shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi E.U 3,0 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini 570 000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech