13 Sentyabr 2022 yil 420

Andijon shahrida "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbirlari davomida “gashish” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, 1982 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro U.D hamda uning sherigi 1975 yilda tug‘ilgan erkak M.D.lar Andijon shahar Ishchilar MFY o‘ramida 300 000 so‘m pullar evaziga xolis xaridorga 1 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindilar

Bundan tashqari, U.D.ning yonida 0,18 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi, M.D.ning yonida esa 0,14 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech