31 Avgust 2022 yil 416

Andijon shahrida giyohvandlik vositasini sotayotgan ikki nafar erkak qoʻlga olindi

Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahar hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 1979-yilda tugʻilgan erkak fuqaro B.K hamda uning sherigi Andijon shahrida yashovchi 1972-yilda tugʻilgan erkak fuqaro T.Alar birgalikda xolis xaridorga jami 1,41 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini 200 000 ming soʻmga sotayotganida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro T.Aning yonida 7,3 gramm «gashish» giyohvand moddasi hamda giyohvand moddalarni vaznini oʻlchashda foydalangan elektron tarozi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech