Andijon shahrida ichimlik suvidan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borildi
Shu yilning 29 may kunidan 2 iyun' kuniga qadar Andijon shahri hududida faoliyat yuritayotgan yuridik tashkilotlarning ichimlik suvi va oqava suv xizmatlaridan foydalanish holatlarini o‘rganish, katta qarzdorliklarni qisqartirish hamda ichimlik suvidan noqonuniy ravishda foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida “Andijon suv ta'minoti” MChJ va viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari olib borildi.
O‘rganishlar natijasida “Sho‘rbuloq” MFY hududida jami 5 ta, “Bog‘ishamol” daxasida 2 ta ichimlik suvidan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlandi. Ular tarmoqdan uzilib, tegishli ravishda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Shuningdek, bir qator MChJlarning ichimlik suvidan noqonuniy ravishda foydalanayotganliklari aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iiyuldagi 194-sonli qaroriga asosan yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinib, ularga nisbatan qonunuiy choralar ko‘rildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati