Andijon shahrida “Islomda gender tengligi va ayollar huquqlari tamoyillari, gender zo‘ravonlik, reproduktiv salomatlik" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
2022 yil 27 sentyabr kuni Andijon viloyati, Andijon shahrida “Islomda gender tengligi va ayollar huquqlari tamoyillari, gender zo‘ravonlik, reproduktiv salomatlik" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, BMTning aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Kamolxon Imomxo‘jayev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan vakil Nigora Yusupova, deputatlar, viloyat deputatlar kotibi, viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i G.Abdullayeva va viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik, G.Abduvohidova hamda targ‘ibot guruhi aʼzolari ishtirok etdi.
Ushbu seminarda bugungi kunda “O‘zbekistonda Gender siyosati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va UNFPA o‘rtasida gender sohasidagi hamkorlik”, “Gender tengligi BMTning barqaror rivojlanish maqsadlaridan biri sifatida” “UNFPAning O‘zbekistondagi gender sohasidagi faoliyati” mavzusida maʼruza va savol javoblar bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati