11 Iyun 2022 yil 366

Andijon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida Probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi

Andijon viloyati IIB JXX probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan “Hamkor” profilaktik tadbiri doirasida joriy yilning 11-iyun kuni Andijon shahrida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, tadbir davomida 350 nafardan ortiq huquqbuzarliklarni hisobida turgan, muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgan shaxslar bilan uchrashib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish boʻyicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda oʻtashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, agarda jazo oʻtashdan qasddan boʻyin tovlagan taqdirda jazolari ogʻirroq turdagi jazolarga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirish xatlari olindi.

Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech