16 Avgust 2022 yil
389
Andijon shahrida kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini saqlab kelgan ayol ushlandi
Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi ayol fuqaro O.D Andijon shahar hududida joylashgan dorixonaning oldida oʻzini shubhali tutganligi sababli yoni koʻzdan kechirilganida, qoʻlida boʻlgan sumkachasi ichidan 117 dona «Regapen» va 10 dona «Tropikamid» nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati