Andijon shahrida noqonuniy diniy taʼlim berish bilan bog‘liq holat aniqlandi
Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi erkak X.M hamda uning turmush o‘rtog‘i Andijon shahrida yashovchi ayol X.X bilan birga 2021 yil dekabr oyidan buyon yashash xonadonda, o‘zining tanishlarining 11 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il va qiz farzandlariga maxsus diniy bilimga ega bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruv markaziy organining ruxsatisiz noqonuniy ravishda «Muallimiy soniy» va «Qurʼoni Karim» nomli diniy adabiyotlardan foydalangan holda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 241-moddasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan X.Mga nisbatan 12 sutka maʼmuriy qamoq jazosi va uning turmush o‘rtog‘i X.Xga rasmiy ogohlantirish jazosi qo‘llanilgan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati