7 Iyun 2023 yil 567

Andijon shahrida og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi

2023-yilning 3-iyun kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Andijon shahrida  yashovchi D.Sh va X.A.lar Shifokorlar MFY hududida og‘irligi 182,13 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 2.800 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan  Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech