15 Sentyabr 2022 yil
668
Andijon shahrida o‘tkazilayotgan “xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davomida 8 million so‘mga taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan ayol ushlandi
Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahar IIOFMB JQB odimlari bilan hamkorlikda, Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Adijon shahrida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan ayol A.g.ning yashash xonadoni yaqinida xolis xaridorga 8 000 000 so‘m pullar evaziga 80 dona “Tropikamid” va 140 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati