15 Sentyabr 2022 yil 416

Andijon shahrida o‘tkazilayotgan "xavfsiz hudud" profilaktik tadbirlari davomida taqiqlangan dori vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIB JQB va Andijon shahar IIOFMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahar Mangulik ko‘chasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida o‘zlarida shubha uyg‘otgan bir guruh shaxslar, Andijon shahrida yashovchi erkak fuqarolar P.M., Q.M.lar ko‘zdan kechirilganida sumkachasida 8 dona “Tropikamid”, 43 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi, P.M.ning sumkachasida 6 dona “Tropikamid” va 24 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Bundan tashqari Andijon shahrida yashovchi ayol O.D. yonidan 2 dona “Tropikamid” nomli, Andijon shahrida yashovchi ayol Yu.Sh.ning yonida 1 dona “Regapen” nomli, Andijon shahar fuqarosi ayol S.Aning yonidan jami 89 dona ayollar va erkaklar jinsiy xirsini uyg‘otuvchi turli xil dori vositalari, 10 dona homila tushiruvchi, 4 dona “Kanbamazepin” nomli dori vositalari hamda 9 dona “himoya vositasi” borligi aniqlanib, Andijon shahar IIOFMB ixtiyoriga olindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech