29 May 2023 yil
1889
Andijon shahrida psixotrop dori vositalarini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 26-may kuni Andijon viloyati IIB TQX JQB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Andijon shahrida yashovchi T.Z jami 42 dona “Regapen”hamda 18 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 3 million 750 ming so‘mga sotayotganida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati