26 Iyul 2022 yil
615
Andijon shahrida qo‘shmachilik faoliyatini olib borayotgan yana bir fuqaro aniqlandi
Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat-2022” tadbiri davomida fuqaro ayol K.G Andijon shahrida joylashgan o‘zining ijara asosidagi yashash xonadonida 400 000 so‘m hamda 800 000 so‘m pullar evaziga xolis mijoz A.Yu va A.O lar bilan fuqaro ayol O‘.M ni jinsiy aloqa qilishi uchun g‘arazli va boshqa past niyatlarda qo‘shib bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro ayol K.G ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati