12 Iyul 2022 yil 475

Andijon shahrida sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Andijon shahar IIOFMB boshligʻi 3-sektor rahbari Shohruh Nazirov “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” doirasida “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻinlarida 3-sektordagi 7 ta mahalla fuqarolar yigʻinlaridan yigʻilgan 150 nafardan ziyod uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka, kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi dolzarb masalalar koʻrildi.

Shuningdek, muloqot jarayonida yoshlarning muammolari, ular bildirgan taklif va murojaatlarning aksar qismi shu joyning oʻzida hal etildi. Maʼlum muddat talab qiladigan masalalarni ijobiy hal etish boʻyicha mutasaddi tashkilot rahbarlariga kerakli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech