18 Yanvar 2023 yil 1980

Andijon shahrida talonchilik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 15-yanvar kuni soat 14:00 larda Andijon shahrida yashovchi M.D tanishi I.X bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Jalaquduq tumanida yashovchi X.Sh boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini to‘xtatishib, X.Sh.ning 129.000 so‘m pullarini talonchilik yo‘li bilan olib qo‘yishgan. M.D va I.X.lar JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech