20 Avgust 2022 yil 540

Andijon shahrida yana bir “Ogʻufurush” aniqlandi

Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Andijon shahar hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 1990-yilda tugʻilgan erkak fuqaro Yu.X Andijon shahrida joylashgan savdo doʻkoni oldida maxsus xaridorga 500 000 soʻm pullar evaziga jami 2.06 gramm «gashish» giyohvand moddasini sotayotganida ushlandi. Bundan tashqari Yu.Xning yonida 0.20 gramm «gashish» giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Hozirda, ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech