Andijon shahrida yashash xonadonida pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotgan fuqaro aniqlandi
2022-yil 24-dekabr kuni Andijon viloyati IIB TQKB, Andijon shahar soliq inspeksiyasi, Andijon tumani IIB JQB va TQKB hamda DXX Andijon tumani xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.S yashash xonadonida pirotexnika vositalari savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
S.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida jami qiymati 24.000.000 so‘m bo‘lgan 4 dona “Samarqand 13-vstrelov”, 8 dona “Vostochniy bazar”,2 dona “9-D”, 2 dona “Tashkent”, 5 dona “625 vstrelof”, 40 dona “Supermen”, 22 dona “Ogon prakoma”, 1050 quti “BRITANIK”, 7 dona “Displey shell”, 250 dona “Airbomb”, 4 blok “Firesrakkers” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, holat yuzasidan xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan pirotexnika vositalari Andijon tumani IIB ixtiyoriga olinib, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati