21 Sentyabr 2022 yil 461

Andijon shahrida yashovchi fuqaroning yonidan “gashish” giyohvandlik moddasi topildi

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Andijon shahar Mashrab ko‘chasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shaharda yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro O.A. o‘zini shubhali tutgani uchun shaxsini aniqlash maqsadida uning yoni ko‘zdan kechirilganida egnidagi shimning cho‘ntagida 7 bo‘lakdan iborat, jami 2,87 gramm "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB  Axborot xizmati

Text to speech