Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar faollari ishtirokida dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 11-aprel kuni Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari G.Abdullayeva hamda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik N.Mo‘minovalar raisligida Andijon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda ayollar tomonidan sodir etilayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kabi bugungi kun uchun muhim va dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, majlisda xotin-qizlarning huquqlari va ularning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida qabul qilingan qonunlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha atroflicha maʼlumotlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati