18 Noyabr 2021 yil 464

Andijon shahridagi masjid tahoratxonasidan telefon o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi    

2021-yil 12-noyabr kuni soat 12:30 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro G‘.S “Oq-go‘r” jome masjidining tahorat olish xonasida A.S.ga tegishli bo‘lgan 1 dona “Ayfon-X” rusumli narxi 410 AQSH dollariga teng bo‘lgan uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech