Andijon shahrining 3-sektorida “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam pullarining yetkazib berilishi davom ettirilmoqda
Andijon shahrining 3-sektorida Andijon shahar IIO FMB boshlig‘i Sh.Nazirov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyul kungi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6038-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 3-sektor xududidagi Shifokor, Bunyodkor, Soy va Qayrag‘ochtagi MFYlarida istiqomat qiluvchi 152 ta oilaning 518 nafar a'zolariga 113 million 960 ming so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam pullari to‘lov qaydnomasi asosida yetkazib berildi. Ayni kunlarda ushbu bir martalik yordam pullarini “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga tarqatilishi sektor rahbari hamda mahallalarga biriktirilgan deputatlar bilan hamkorlikda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati