Andijon shahrining markaziy va ichki ko‘chalari bo‘ylab dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda
Andijon viloyat hududida ham karantin davrida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini hamda xavfsizligini ta'minlash, sog‘lom turmush-tarzini tadbiq qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 29 mart kuni Andijon viloyati IIB rahbariyatining tashabbusi bilan Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan karantinga olingan fuqarolarga birlamchi oziq-ovqat maxsulotlari, shaxsiy gigeniya vositalari hamda tibbiy niqoblar yetkazib berildi.
Shuningdek, Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi ixtiyoridagi bo‘lgan maxsus suv purkagich avtomashinalarida Andijon shahrining markaziy va ichki ko‘chalari bo‘ylab dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Bu boradagi dezinfeksiya ishlari ishlari davom ettirilyapti.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati