10 Dekabr 2021 yil 551

Andijon shahrining “O‘zbegim” MFY hududida keng qamrovli “Xavfsiz hudud” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

Mavjud kriminogen vaziyat tahlilidan kelib chiqib Andijon shahrining “O‘zbegim” MFY hududida  keng qamrovli “Xavfsiz hudud” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

“Xavfsiz hudud” tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun Andijon viloyati IIBning tegishli sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari  hamda jamoatchilik vakillaridan jami 103 nafari jalb etildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida bir qator ishlar  amalga oshirildi.    

Xususan, jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan jinoyatni oldini olish yuzasidan profilaktik ishlar olib borilib, O‘zbegim MFY hududida faoliyat olib borayotgan massaj va spa salonlar, noqonuniy valyuta ayri boshlash, fuqarolar gavjum joylarda hamda “tig‘” bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish yuzasidan profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan suhbat olib borilib rasmiy ravishda ogohlantirildi.

O‘zbegim MFY o‘ramida yashovchi fuqaro N.Q  noqonuniy valyuta ayriboshlash bilan shug‘ullanayotgan vaqtida ushlanib, unga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ishlar olib borilmoqda.

PPXvaJTSB xodimlari tomonidan piyoda va avtopatrullik yo‘nalishlari tashkil etilib, jinoyatni oldini olish yuzasidan 26 nafar fuqarolar  ichki ishlar bo‘limlariga olib kelindi va ular bilan huqubuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan profilaktik ishlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, PPXvaJTSB va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda O‘zbegim MFY hududida bemaqsad tilanchilik qilib yurgan hamda yonida maqsadsiz “tig‘”li predmetlar olib yurgan 2 nafar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.    

Xalq taʼlim bo‘limi va HPB inspektor-psixologlari tomonidan Yangibozor hududida bemaqsad yurgan 14 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, VEIHYOKMga joylashtirildi.

HPB profilaktika (katta) inspektorlari tomonidan 1407 ta xonadonlar uyma-uy yurish orqali tekshirilib, ularning yashash va ishlash sharoitlari atroflicha o‘rganildi. 21 nafar shaxslar mastligi sababli tibbiy hushyorxonaga joylandi. 1 nafar shaxsga mamuriy nazorat o‘rnatilib, yana 4 nafar shaxsga mamuriy nazorat qoidasini buzganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasi tartibida JIB Andijon shahar sudi tomonidan choralar ko‘rildi.

Shuningdek, 8 nafar shaxslarga nisbatan bemaqsad “tig‘”li predmet hisoblangan pichoq olib yurganligi uchun JIB Andijon shahar sudi tomonidan choralar ko‘rildi. 23 ta spirtli ichimlik sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rganib chiqilib, ularga rasmiy ravishda ogohlantirish berildi. O‘zbegim MFYning Shevchenko, Buyuk Turon, Boburshox, Musayev va Mangulik ko‘chalaridagi noqonuniy savdo bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar va buning sababi o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlashga kirishildi.

Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan 33 nafar probatsiya hisobida turib, jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning 30 nafari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi. 12 nafar mahkumlar ish joylaridan tekshirildi  va 1 nafar mahkum rasmiy ravishda ogohlantirildi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan transport vositasini tegishli ruxsatnomasiz boshqargan, svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida harakatlangan, odam tashish qoidasini buzgan, telefondan foydalangan, transport vositalarini ruxsatnomasiz oynalar tusini o‘zgartirgan hamda boshqa turdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan 253 nafar  huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Shuningdek, O‘zbegim MFYning Shevchenko, Boburshox, Musayev, Mangulik va Buyuk Turon ko‘chalaridagi transport tirbandligi holatlari o‘rganilib, tegishli takliflar tayyorlashga kirishildi.

Hozirda O‘zbegim MFY hududida “Xavfsiz hudud” tezkor-profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech