Andijon tumani IIB boshligʻi sayyor qabul oʻtkazdi
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholi muammolariga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yoʻlga qoʻyilgani odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Andijon tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari tomonidan tumanning “Rohat” mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi ommaviy sayyor qabullar oʻtkazildi. Sayyor qabulda sektor rahbari va mutasaddi tashkilotlar masʼul xodimlari tomonidan qatnashchilarning murojaatlari birma-bir tinglandi.
Fuqarolar tomonidan asosan sogʻliqni saqlash, uy-joy, moddiy yordam va elektr energiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalariga oid murojaatlar bildirildi. Yechimi maʼlum vaqt talab etiladigan murojaatlar boʻyicha tegishli masʼullar biriktirilib, ijrosi sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati