6 Aprel 2023 yil 408

Andijon tumani hokimligida ayollar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-aprel kuni Andijon tumani hokimligi binosida Andijon viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik N.Mo‘minova raisligida ayollar tomonidan sodir etilayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Joriy yilning uch oylik yakuniga ko‘ra Andijon tumanida ayollar jinoyatchiligi oshib ketganligi sababli, mazkur sohada xar bir xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabr kungi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘grisida"gi hamda "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlarning mazmun- mohiyati bo‘yicha ham atroflicha tushuntirishlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech