Andijon tumani IIB boshligʻi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Maʼlumki, iyul oyi Andijonda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” deb eʼlon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida bugun Andijon tumani IIB boshligʻi 3-sektor rahbari D.Ihvoldinov “Yangiobod” MFYda joylashgan 26-sonli maktab binosida “Bekobod” hamda “Yangiobod” mahallalaridagi yoshlar bilan muloqot qildi.
Uyushmagan yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari koʻrildi.
Muloqot jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Yoshlarni ish bilan taʼminlash va ularni daromadlarini oshirish hozirgi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar. Ishlash istagidagi yoshlar roʻyxatlari oʻsha joyda shakllantirilib nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati