26 May 2022 yil 226

Andijon tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan tumandagi 47-umumtaʼlim maktabi bituvchilariga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi

Har yili 25-may sanasida maktab oʻquvchilari uchun “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtadi. Bu yil ham ushbu anʼana davom etib mamlakatimiz boʻylab minglab oʻgʻil-qizlar katta hayotga qadam qoʻydilar.

Barcha bitiruvchilar uchun eng unutilmas va qadrli damlardan biri boʻlgan ushbu kunda Andijon tumani IIB Tergov boʻlimi xodimlari tumandagi 47-umumtaʼlim maktabida boʻldilar.

Bitiruvchi yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida tergov boʻlimi xodimlari tomonidan yoshlarning katta hayotga ilk qadam qoʻyayotgani, kelajakdagi oʻqish va ishlarida ulkan omad va zafarlar tilandi. Shundan soʻng bitiruvchilarga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech