18 Noyabr 2021 yil
640
Andijon tumani IIB xodimlarining say-harakatlari natijasida qidiruvdagi shaxs ushlandi
Andijon tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi uchun qidiruvda bo‘lgan Andijon tumanida yashovchi Yu.A. Farg‘ona viloyatidan ushlanib, Izboskan tuman IIB VSXga joylashtirildi.
Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati