19 Avgust 2023 yil 468

Andijon tumanida firibgarlik jinoyatlarini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Andijon tumani IIB XPB xotin-qizlar masalalri bo‘yicha katta inspektori, mayor S.Mamatyakubova hududiy profilaktika katta inspektori kapitan S.Soliyev va "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruh aʼzosi M.Mamajonovalar hamkorlikda "Kuyganyor dehqon bozori" MCHJda targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Jarayonda fuqarolar o‘rtasida firibgarlik jinoyatlarining ko‘rinishlari, uni oldini olish borasida amal qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

Tumanning aholi gavjum joylarida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin- qizlar davlat himoyasiga olinganligiga oid tarqatma materiallari joylashtirilib, fuqarolarga ogohlikni targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech