Andijon tumanida sodir etilgan o‘g‘irlik viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan fosh etildi
Joriy yilning may oyida Andijon tumani Qo‘shariq MFYda yashovchi fuqaro M.A IIBga xabar berib, o‘zining yashash xonadonidan 8.100 AQSH dollarini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib ketganligini maʼlum qilgan.
O‘g‘irlik holati yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijon tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida tuman EKG katta eksperti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qo‘l barmoq izlari aniqlanib olingan.
Olingan qo‘l barmoq izlari Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazining avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida qo‘l barmoq izlari, Izboskan tumanida yashovchi fuqaro A.F tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondordan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar holislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati