9 Sentyabr 2021 yil 683

Andijon tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Andijon tumani Jahonobod MFYda sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan Andijon viloyati prokurori G‘.S.Fozilov va Andijon viloyati IIB boshlig‘i A.T.Raxmatullayevlar boshchiligida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi masʼullari, IIB xodimlari, imom-xatiblar, mahalla faollari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi. Jumladan, oddiy kelishmovchiliklar og‘ir jinoyatlarga sabab bo‘layotgani, bunda joylardagi mutasaddilar shu yo‘nalishda yetarlicha ish olib bormayotganini keskin tanqid ostiga olindi. Shuningdek, bu kabi mudxush jinoyat uchun qonunchiligimizda belgilangan qatʼiy jazo choralari qo‘llanilishi, jinoyatga jazo muqarrarligi alohida taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, aksariyat mahallalarda qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘larning atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko‘rib-ko‘rmaslikga  olayotganliklaribo‘layotan  holatlarga o‘zlarining munosabatlarini bildirmayotganliklari keskin qoralandi.

Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham sodir etilgan bu ayanchli holat bo‘yicha o‘z munosabatlarini ochiq oydin bayon etdilar.

Xususan, boshqa bir insonga qasddan zarar yetkazishning gunohi og‘ir ekanligi, ikki yoki undan ko‘proq insonlar orasida nizo chiqishini tashqaridan bila turib, bunga befarq bo‘lish ham katta ayb sanalishi haqida atroflicha so‘z olib borildi.

Muhokama yakunida mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlarini bu joyda ishtirok etganlarning barchasi oila aʼzolari, qarindosh urug‘lari hamda tanish-bilishlariga ibrat olish maqsadida yetkazishlari kerakligi aytilib, bu borada tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech