17 May 2023 yil 2010

Andijon tumanida talonchilik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Andijon tumani. 2023-yil 6-may kuni fuqarolar Sh.G‘, A.A, hamda S.I.lar, fuqaro G‘.U. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida chiqishib, tumanning Saddatagi MFY hududiga kelgan vaqtlarida, U.G‘.ga tegishli narxi 2.500.000 so‘mlik uyali telefonini qo‘ng‘iroq qilish maqsadida olishib, telefon apparatini unga qaytarib bermasdan voqea joyidan ketib yuborishgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yuqoridagi uch nafar shaxslar ushlanib, ulardan U.G‘ga tegishli 1 dona telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech