6 Iyul 2023 yil 527

Andijon tumanidagi Baxt mahallasida probatsiya hisobidagi nazorat ostidagi shaxslar uchun sayyor sud majlisi hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Jarayonda jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi M.Siddiqov rahbarligida tuman IIB rahbariyati tomonidan kiritilgan taqdimnomalarga asosan probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini o‘tayotgan va to‘g‘ri yo‘lni tanlab, jazoni o‘tashga vijdonan yondashgan 7 nafar nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazodan shartli ravishda ozod qilindi.

Sayyor sud majlisi davomida ishtirokchilarga jinoyat va uni qayta sodir etishni oqibatlari xususida tushunchalar berilib, qonunchilikdagi yangiliklar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, hududida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilinib, probatsiya guruhi hisobiga yangi ro‘yxatga olingan 3 nafar shaxsga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatidan Andijon viloyatiga masʼul etib biriktirilgan rahbar xodimlar va tuman IIB masʼullari 3-sektor hududidagi uch nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarni holidan xabar oldilar. Xonadon sohiblari patronaj hamshiralari ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech