Andijon viloyat adliya boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 maydagi 259-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi tashkil etildi
Joriy yilning 8-fevral kuni Andijon viloyati adliya boshqarmasida ichki ishlar boshqarmasi, tegishli boshqarma va idoralar masʼullari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasi tashkil etildi.
Unda tuman (shahar) adliya bo‘limlari boshliqlari hamda ichki ishlar bo‘limlarining masʼullari ishtirok etdilar. Yig‘ilish davomida o‘tgan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinib, Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Karimov, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Yunusov, tashkiliy boshqarma boshlig‘ining yuridik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.No‘monovlarning axboroti eshitildi.
Tanqidiy va tahliliy tarzda o‘tgan muhokama yig‘ilishi yakunida 2023-yilda amlga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi
Andijon viloyati IIB axborot xizmati