Andijon viloyat adliya boshqarmasida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 21-fevral kuni viloyat yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida maʼruzachilar yoshlar orasida psixotrop moddalarning keng isteʼmol qilinishi bo‘yicha fikr-mulohazalarni ingliz tilida muhokama qildilar.
Muloqot davomida Sharda Universiteti menejment fakulteti dekanlari, professorlar Shankar Ganesh,Gabriyel Obunmala hamda Sajid Valiya Valappil, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nilufar Mo‘minova, adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Asilbek Qasimovlar o‘z maʼruzalarida yoshlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishlari lozimligini bildirdilar.
Yakunda xorijlik mutaxassislar o‘quvchilar erishayotgan yutuqlar haqida iliq fikrlarini bildirib, kelajakda texnikum bilan ilmiy-maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yana-da oshirishlarini taʼkidladilar.
Tadbirni respublikaning barcha yuridik texnikumlari «ZOOM» orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati