25 Iyun 2020 yil 624

Andijon viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan oromgohlarda dam olayotgan bolalarga kitoblar sovg‘a qilindi

Andijon viloyatida joriy yilgi yoz mavsumi davomida jami 6 ta, jumladan, “Shabboda shifo  fayz”, “Shifokor”, “Energetik”, “Quyoshcha”, “Bo‘ston” va “Bog‘ishamol” stasionar oromgohlari 15 iyun kunidan ish faoliyatini boshladi. Ushbu oromgohlarda bu yilgi mavsumda jami 2130 nafar bolalar dam olishi ko‘zda tutilgan.  Boshlangan birinchi davrada jami 466 nafar bolalar dam olishmoqda.

2020 yil 25 iyun kuni Paxtaobod tumanida joylashgan “Bo‘ston”  oromgohida dam olayotgan bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori katta leytenant M.Husanov  tomonidan  turli badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, Buloqboshi tumanida joylashgan “Shifokor” bolalar   oromgohida maroqli xordiq chiqarayotgan bir guruh bolajonlarga ham ichki ishlar xodimlari tomonidan turli badiiy asarlar va ertak kitoblari sovg‘a tariqasida ulashildi.   

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech