21 Dekabr 2022 yil 344

Andijon viloyat IIB JXX YHXB hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 225 500 dona “BRITANIK” nomli pirotexnika vositalari aniqlandi

Andijon viloyat IIB JXX YHXB hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda viloyatning Shahrixon tumanida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.A boshqaruvidagi “GENTRA” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida,  avtomashina saloni va yukxona qismida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 9 dona karton qutiga joylashtirilgan 4100 qutida jami 225 500 dona “BRITANIK” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Tadbir natijasida umumiy qiymati 28 million 864 ming  so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Maʼlumot o‘rnida, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-1-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish – huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jinoyat kodeksining 250-1-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech