13 Iyun 2023 yil 215

Andijon viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasida IIV Andijon akademik litsey o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Andijon viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasida IIV Andijon akademik litsey o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib yoshlarga “Qo‘riqlash” xizmatining afzalliklari, faoliyatda foydalanilayotgan texnikalar, zamonaviylashgan axborot elektron tizimlar bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar berildi.

Boshqarmaga sayohat davomida o‘quvchilarga “Qo‘riqlash” xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarning intellektual qobiliyatini muntazam oshirib borishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Tadbir doirasida tinglovchilarga kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi. Elektron o‘q otish xonasida tinglovchilar mashg‘ulotlarni amaliy tarzda bajarib ko‘rdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech