Andijon viloyati Bo‘ston tumanida o‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va saviyalarini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar tashkil etildi
Joriy yilning 11-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda yo‘l harakatiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish vazifasi qo‘yildi. Barcha hududlarda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” umummilliy dasturi amalga oshirilishi taʼkidlandi.
Avtomaktablar va imtihon markazlariga bo‘lgan talablarni qayta ko‘rib chiqish, haydovchilikka o‘qitish samaradorligi va o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, sodir etilayotgan hodisalarni kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarni yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va saviyalarini oshirish maqsadida Bo‘ston tumani IIB boshlig‘i hamda YHXG xodimlari tomonidan kasb-hunar maktabi va 61-IDUM o‘quvchilari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati