Andijon viloyati hududida “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarning hisoboti tinglandi
Joriy yilning 26-aprel kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining qirq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Andijon viloyati hududida joriy yilning 3 oyi davomida “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik I.B.Ismanovning hisoboti tinglandi.
Jumladan, o‘tgan 3 oy davomida soha xodimlari tomonidan viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash hamda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Viloyat hududida o‘tkazilgan jami 1575 ta ommaviy tadbirlarda fuqarolar xavfsizligi taʼminlandi.
Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish maqsadida, kriminogen vaziyati og‘ir deb topilgan mahallalarga qo‘shimcha ravishda 556 nafar ichki ishlar organlari hamda 28 nafar Milliy gvardiya xodimlari biriktirildi.
“Qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, aholi o‘rtasida jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi doirasida 5 421 marotaba suhbatlar hamda 824 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
“Xavfsiz yo‘l” va “Xavfsiz piyoda” tamoyili asosida yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar jadallashtirilib, joriy yilning shu kuniga qadar 669 dona yangi yo‘l belgilari, 7 dona yangi svetoforlar, 45 ta piyodalar o‘tish joylariga sunʼiy notekisliklar o‘rnatildi.
Viloyat hududidagi 454 ta yo‘l belgilari yangisiga almashtirildi, 653 km avtomobil yo‘llari va 2369 dona piyodalar o‘tish joylari yangidan chizildi, 8 dona piyodalar o‘tish joylari yangidan tashkil etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati