Andijon viloyati hududida jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar ishtirokida navbatdagi hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Andijon viloyati hududida jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar ishtirokida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Ismanov Isomiddin huzurida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri davomida viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda, jamoat xavfsizligini taʼminlashda yagona davlat siyosatini amalga oshirishda barcha davlat organlari, korxona, tashkilotlar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar bilan samarali hamkorlikni taʼminlashi muhim ahamiyat kasb etishi, bu borada davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslari o‘zlarining xizmat majburiyatlari yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni belgilab, ularni o‘z vaqtida amalga oshirishlari lozimligi tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, o‘tgan davr ichida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlar qattiq ogohlantirib o‘tilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati