27 Iyul 2022 yil
406
Andijon viloyati hududida jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Mazkur yig‘ilishda, joriy yilning iyun va iyul oylari davomida viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda, fuqarolar o‘rtasida noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan holatlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli masʼullarning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, o‘tgan davr ichida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlar qattiq ogohlantirib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati