Andijon viloyati hududida “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi departamenti tashabbusi bilan viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari Andijon viloyati hududida davom etmoqda.Tadbir doirasida dastlab Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.T.Ablullayev Milliy Gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazib, tadbirning maqsad va vazifalarini belgilab, xar bir soha rahbarlariga yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlar berdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish shuningdek, avtotransportlarning texnik holatini nazorat qilish, yo‘l infratuzilmasi, haydovchilikka nomzodlarni tayyorlash, transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish, yo‘l harakati qoidalari buzilishini aniqlash yo‘nalishlarida chora-tadbirlar belgilashdan iborat ekanligi tushuntirilib, mazkur tadbirlar fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun emas ularning manfaatlarini ko‘zlagan xolda avvalo, xalqchil xizmat tashkil etish kerakligi uqtirildi.
Shundan so‘ng, Andijon shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tunggi xizmatga jalb qilingan xodimlar uchun xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Tungi xizmatda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining hamkorligi tashkil etildi. Shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullaev tomonidan yo‘riqnoma berildi.
Hozirda Andijon viloyati hududi bo‘ylab “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati