9 Yanvar 2023 yil 1368

Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan yana bir korrupsion holat fosh etildi  

Joriy yilning 7-yanvar kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.A.ning  arizaga asosan Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Departamentning Andijon tumani bo‘limi hamda DXX Andijon tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali Kadrlar bo‘limi inspektori vazifasida ishlovchi M.J ariza muallifi A.A.ni tez yordam xizmatiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ishga olib kirib qo‘yishini aytib, undan 400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech