19 Avgust 2022 yil 349

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan navbatdagi keng qamrovli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbiri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qaroriga asosan 18-avgust payshanba kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir viloyatning Andijon shahar, Andijon, Asaka va Shahrixon tumanlarining kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan 30 ta mahalla hududida 4 ta yoʻnalishda oʻtkazilib, tasdiqlangan taqsimotga asosan tadbirga 723 nafar, shundan 459 nafar ichki ishlar organlari xodimlari, 34 nafar Milliy gvardiya, 37 nafar favqulodda vaziyatlar, 31 nafar Transport boshqarmasi, 10 nafar ovchilik jamiyatining vakillari, 68 nafar gaz va elektr taʼminoti xodimlari, 38 nafar tibbiyot, 30 nafar mahalla raislari, 12 nafar diniy idora vakillari va 4 nafar tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari jalb qilindi.

Tozalash-profilaktik tadbirlari:

Uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini oʻrganish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 163 ta muammolar aniqlanib, ularning 101 tasi joyida hal qilindi, 41 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 21 tasi sektor rahbarlariga taqdim qilindi;

Profilaktik hisobda turgan 76 nafar ruhiy kasal,177 nafar muqaddam sudlangan, 193 nafar ichkilikka, 61 nafar giyohvandlikka ruju qoʻygan, shuningdek, 111 nafar maʼmuriy nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi;

Ov quroliga ega boʻlgan 405 nafar shaxslar tekshirilib, qurollarni saqlanishi va roʻyxatdan oʻtganligi oʻrganildi. Natijada 3 nafar shaxslar tomonidan ov qurollarini saqlash qoidalarini buzganlik holati aniqlanib egalariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan 135 nafar chet el fuqarolari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi, ularning 5 nafariga Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi;

Yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishida oʻtkazilgan tadbirlar:

2 225 ta transport vositalari tekshirilib, 478 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlandi, shulardan 87 tasi transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, 3 tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 138 tasi hujjatsiz transport vositasini boshqarish, aniqlangan holatlar yuzasidan 309 ta transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi;

5 nafar voyaga yetmaganlar tomonidan transport vositasini boshqarganligi aniqlandi;

1 ta quvib oʻtish qoidalarni buzib harakatlangan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi;

17 ta “avariya oʻchoqlari”da profilaktik tadbirlar oʻtkazildi;

Xotin-qizlar bilan amalga oshirilgan tadbirlar:

179 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, ularning 73 tasi yarashtirildi;

Jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan 42 nafar ayollar bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi;

13 nafar ishsiz ayollarning bandligi taʼminlandi;

210 ta janjalkash oilalar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi;

Diniy vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi profilaktik tadbirlar:

40 nafar “uzoq muddat”dan qaytgan shaxslar bilan suhbatlar oʻtkazildi;

1 ta noqonuniy “hujra”lar faoliyatiga chek qoʻyildi (Andijon shahar 1 ta), hujralarda 1 nafar voyaga yetmagan shaxs tahsil olayotganligi aniqlandi.

Bu boradagi tashkiliy-tadbirlar kelgusida tizimli ravishda oʻtkazilishi taʼminlanadi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech