1 Dekabr 2022 yil 363

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

PQ-2833-son qaroriga asosan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyatda «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi tadbir viloyatning Andijon shahar, Andijon, Asaka, Izboskan va Shahrixon tumanlari hududida o‘tkazilishi belgilandi.

Tadbir davomida joylarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, kuz-qish mavsumi davrida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini oldini olish borasida huquqiy-targ‘ibot va ijtimoiy profilaktika tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir keng qamrovda o‘tkazilishi munosabati bilan Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, xalq taʼlimi boshqarmalari, hududiy gaz va elektr taʼminoti korxonalari va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari jalb qilindi.

Boshqarma rahbariyati tomonidan tadbir o‘tkazilishi oldidan xizmat oldi yo‘riqnomasini o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech