Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 7-dekabr kuni Andijon viloyati IIBning maʼnaviyat va maʼrifat zalida 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga viloyat IIB rahbariyati, xizmat soha rahbarlari hamda apparat shaxsiy tarkibi, faxriylar hamda mukofotlanadigan xodimlar taklif etildi.
Unda Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ayubxon Raxmatullayev nutq so‘zlab, barchani mamlakatimiz rivojlanishida asosiy qonunimiz sanalgan konstitutsiya qabul qilinganliging 30 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan 49 nafar xodimlar hamda 2 nafar faxriylar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng barcha taqdirlanganlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishonlarini shaxsan boshqarma boshlig‘idan tantanali ravishda qabul qilib oldilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan bu kabi ko‘rsatilayotgan eʼtibor va eʼtirof xodimlarning yanada vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishiga undashi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati