24 Fevral 2023 yil 371

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida IIV Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishiga asosan xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish maqsadida joriy yilning 23-fevral kuni IIV Faxriylar kengashi aʼzolari isteʼfodagi general-mayor Xojimatov Xabibulla Rashitovich va isteʼfodagi podpolkovnik Do‘ltayev Ibrohim Abdurahmonovichlar ishtirokida Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi, IIV Andijon akademik litsey o‘quvchilari hamda faxriylar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida faxriy xodimlar tomonidan Davlat rahbariyati tomonidan bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan talablar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ–10-son qarori, jumladan Ichki ishlar organlarida kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga to‘laqonli yetkazilib, xodimlarga turli murakkab va nizoli vaziyatlarda Kodeks hamda tegishli qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish bilan bog‘liq muhim jihatlar tushuntirildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan so‘nggi vaqtlarda sodir etilayotgan poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish, yo‘l-transport hodisalari kabi jinoyatlar va boshqa xizmat intizomi buzilishi holatlarini tanqidiy ruhda misollar orqali tahlil qilindi.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bundan keyin ham davom etib, har bir xodimni vataniga, xalqiga va oilasiga bo‘lgan sadoqatini yana-da mustahkamlab, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” ekanligini his qilgan holda halol xizmat olib borishini taʼminlaydi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech