23 Iyul 2022 yil 440

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 6 oy yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 6 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yoʻl qoʻyilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev tanishtirib,yigʻilishni ochib berdi. Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik F.K.Giyasovning hisoboti tinglanib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyib, jinoyatni oʻsishiga sharoit yaratib bergan omillar oʻrganilib, bu borada ichki ishlar boʻlimlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

Xususan, bir qator jinoyatlarning oldini olishda profilaktik ishlar yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida jinoyatchilikni oldini olish, erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchilliklar atroflicha muhokama etildi.

Yigʻilish soʻngida ichki ishlar organlari xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish hamda kelgusida kamchilliklarga yoʻl qoʻymaslik borasida aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech