11 Avgust 2022 yil 330

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning 7 oyi davomida viloyat hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash va aholi muammolarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Unda Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va oʻrinbosarlari hamda barcha shaxsiy tarkib ishtirok etdi.

Kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan Andijon viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik F.K.Giyasov tanishtirib, yigʻilishni ochib berdi. Boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari va tegishli sohaviy xizmat raxbarlarining hisoboti tinglanib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyib, jinoyatni oʻsishiga sharoit yaratib bergan omillar oʻrganilib, bu borada ichki ishlar boʻlimlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha profilaktik tadbirlar, alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan shaxslar bilan “mahallabay” ishlarni jadallashtirish, shuningdek, 3-sektorda aholi muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish borasida ham bir qator vazifalar belgilab berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech